Italiyadagi Astrofizika milliy instituti olimlari Quyosh sistemasiga yaqin hududda Proxima Centauri yulduzi atrofida aylanuvchi yangi sayyora belgilarini topdi. Bu haqda Science Alert nashri xabar qilgan.

Foto: Science Alert

Yangi obyekt yulduzning yorug‘lik tezligini kuzatish vaqtida topilgan. Yorug‘likning holati tez-tez o‘zgarib turishi va bu boshqa sayyora ‘Proxima b’ning aylanishiga aloqador emasligi ma’lum bo‘lgan.

Yangi sayyora ‘Proxima c’ nomini oldi va superyerlar sinfiga kiradi ya’ni yerdan ancha katta va muzlagan gigant Neptundan ortda qoladi. Yangi sayyorada hayot belgilari yo‘q, sababi yorug‘lik manbasidan ancha uzoqda joylashgan. Yangi joyning muzlagan olam yoki vodorod-geliy atmosferasiga ega sayyora ekani taxmin qilinmoqda. Biroq odatda bu kabi osmon unsurlari bunday sayyoralarda uchramaydi.

Superyerlar “qor chizig‘i” deb nomlanuvchi yulduzdan ancha uzoqda joylashgan va suvning suyuq shakli muzlaydigan zonalarga yaqin hududda shakllanadi. ‘Proxima c’ bunday chegaradan ancha uzoqda va ushbu ilmiy gipotezaning haqiqatdan ancha uzoq. Lekin olimlar sayyoraning mavjudligiga shubha bilan qarashda davom etmoqda. Yulduz atrofida ushbu uchar jismning paydo bo‘lishiga uning faollashuvi sabab bo‘lgani haqida farazlar mavjud. Olimlarning keyingi tadqiqotlari ushbu muammoni hal etishi kutilmoqda.