AQShning Yel universiteti olimlari vulqonlar faolligi emas, balki asteroid tushishi dinozavrlarning qirilib ketishida asosiy omil bo‘lganini isbotladi. Olimlar chuqur tadqiqotga asoslanib, ulkan reptiliyalarning yo‘q bo‘lib ketishi jumbog‘ini topishga muvaffaq bo‘lgan. Bu haqda “Phys.org” xabar bergan.

Foto: “Phys.org”

Paleoklimatologlar Hindistonda 66 million yil ilgari Dekansk trapplari hududida vulqonlarning uyg‘onishi biosferaga ta’sir qilganini aniqlagan.

Vulqon gazi chiqishining aniq vaqtini dengizdagi toshqotgan qoldiqlar tahlili natijasida oydinlashdi. Mutaxassislar ulkan hayvonlar qoldiqlaridagi izotoplar tarkibini, karbonat angidrid gazining global konsentratsiyasini o‘rganib karbonat angidrid ishqorlarini iqlim o‘zgarishiga ta’sirini tahlil qilgan. Ugleroddan ajralib chiqqan moddalar Selsiy shkalasi bo‘yicha ikki daraja global isishga olib kelgan va bu dinozavrlarning ommaviy ravishda qirilib ketishiga sabab bo‘la olmaydi.

Avval, AQSh Shimoli-g‘arbiy universiteti olimlari Dekan trapplarining uzoq davom etgan harakati tufayli millionlab yillar avval Yer biosferasi kuchli o‘zgarishlar kuzatilganini aniqlagandi. Tadqiqotchilarning fikricha yerga asteroidning kelib urilishi global ekotizimdagi barqarorlikni buzib yuborgan.