Yapon olimlari uyda kichik hayvonlarni parvarishlash diqqatni jamlashda katta yordam berishini aniqlagan. Haqiqatan ham uyda boqiladigan va umuman yovvoyi tabiatda yashovchi hayvon bolalarining harakatlarini kuzatib, yuzimizga beixtiyor tabassum yuguradi. E’tiboringizga antiqa qiliqlari va tashqi ko‘rinishi bilan insonlar kayfiyatini ko‘taradigan turli hayvon bolalarining antiqa suratlarini havola qilamiz.

Foto: Big Picture

Dengiz mushugining bolasi. Yoqimtoy mushukchani ushlab ko‘rging, uni silab-siypalaging keladi-ya!

Foto: Big Picture

Multfilm qahramonini eslatib yuboruvchi surat. Bitta qiziq harakati bilan egasiga bir olam quvonch bera oladigan mittivoy.

Foto: Big Picture

Olmaxon bolasi shu qadar mittiki, hatto odam barmog‘i bilan bir xil o‘lchamda!

Foto: Big Picture

Kaftga sig‘ib ketadigan tipratikan bolasi — tikanlari bor deb ham o‘ylamaysiz, himoyasiz koptokcha.

Foto: Big Picture

Aka-uka filchalar. Birga o‘ynash naqadar zavqli!

Foto: Big Picture

Juda yoqimli surat. Jo‘jalar ushbu mehribon it bilan soatlab birga qolishga rozi bo‘lganiga nima deysiz?

Foto: Big Picture

Mushukcha o‘tirishni o‘rgangan ko‘rinadi. Ha u mushuklarga o‘xshab emas, balki odamlardek o‘tira oladi!

Foto: Big Picture

Qunduz bolalari shirin uyquda. Ular qanday tush ko‘rayotgan ekan-a?

Foto: Big Picture

Bolalikdan to‘g‘ri ovqatlanishga o‘rganish lozim.

Foto: Big Picture

Yoqimtoy kuchukchalar. Suratdagi ikkalasini ham uyda boqishni orzu qilayotganlar qancha.

Foto: Big Picture

Dumimni mahkam ushla yoxud onasidan uzoqlashishni istamaydigan bola.

Foto: Big Picture

Mitti va beziyon kichkintoy!

Foto: Big Picture

Ona olmaxon bolasi bilan. Ushbu ko‘rinish ham juda ta’sirli.

Foto: Big Picture

It jo‘ja uchun haqiqiy do‘st! Do‘stlik esa umuman chegara bilmaydi!

Foto: Big Picture

Dangasaning bolasi shu qadar kichikki, u chashka ichiga ham sig‘ishi mumkin!

Foto: Big Picture

Uyqudagi quyoncha! Garchi bu kabi suratlarda hayvonlar bolalari aks etgan bo‘lsa ham ular odamga sovuq qish havosida iliq kayfiyat ulashadi

Foto: Big Picture

Uyqu vaqti. O‘rdakchalar ham uxlashni biladi.

Foto: Big Picture

Va nihoyat bolaligimiz multfilmini eslatib yuboruvchi surat, maymun bolasi kirlar ilingan dorda ham sho‘xliklar qilishdan aslo to‘xtamaydi.