Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi 18-yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palastasiga saylovlar yakunlari va istiqboldagi rejalar muhokamasiga bag‘ishlangan Siyosiy Kengash yig‘ilishini o‘tkazdi. Unda O‘zbekiston bosh vaziri nomzodini ko‘rsatish masalasi Siyosiy Kengash a’zolari tomonidan muhokama qilindi.

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Konstitutsiyaning 98-moddasiga ko‘ra, bosh vazir nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya tomonidan O‘zbekiston Prezidentiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi. 2019-yilgi parlament saylovi yakunlariga ko‘ra, O‘zLiDeP Oliy Majlis Qonunchilik palatasida eng ko‘p — 53 ta deputatlik o‘rnini qo‘lga kiritgan edi.

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Bosh vazir lavozimiga Abdulla Aripov nomzodini ilgari surildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Xabar to‘ldirilmoqda