20th Century Fox kinostudiyasiga egalik qiluvchi Disney kompaniyasi uning nomini o‘zgartirishga qaror qildi, deb xabar berdi Meduza.

Foto: “TASS”

Qayd etilishicha, kinostudiya nomidan Fox so‘zi olib tashlanadi, studiya 20th Century Studios deb qayta nomlanadi.

Disney shuningdek kinostudiyaga tegishli kinokompaniya Fox Searchlight nomini ham Searchlight Pictures’ga o‘zgartiradi.

O‘zgarishlarga nima sabab bo‘lgani oshkor qilinmayapti.

The New York Times’ning taxmin qilishicha, Disney shu yo‘l bilan avval studiyaga egalik qilgan Fox mediakorporatsiyasidan uzoqlashishni maqsad qilgan.

Kinostudiya nomi 20th Century Studios sifatida ko‘rsatilgan ilk film 19-fevral kuni ekranlarga chiqadi. Xarrison Ford bosh rolni ijro etgan ushbu kartina “Ajdodlar chaqirig‘i” deb nomlanadi.