SpaceX kompaniyasi asoschisi Ilon Mask Marsdagi yerlarni odamlar yashashi uchun o‘zlashtirish haqidagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2050-yilga borib sayyorada kamida 1 million nafar odam yashashi mumkin. Bu haqda Business Insider xabar bergan.

Foto: Getty Images

Ilon Mask SpaceX’ning yaqin o‘n yil ichida mingta Dragon Crew (yiliga 100 ta apparat) kosmik kema qurishni rejalashtirganini ma’lum qildi. Ayni vaqtda bunday fazo kemalari kompaniyaning Texasdagi zavodida ishlab chiqarilmoqda.

Shuningdek, Mask Marsga kuniga o‘rtacha uchta fazo kemasi uchirib, sayyoraga sayohat qilish imkoniyatini barchaga yaratishni ko‘zlayotganini bildirdi.

“Har bir odam Marsga bor olish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim. Agar xohish bo‘lsa-yu, mablag‘ bo‘lmasa, u holda ushbu orzuni kredit olgan holda amalga oshirish lozim”, — degan Mask.