Shahzoda Garri va Megan Markl qirollik oilasining yuqori martabali a’zolari maqomidan mahrum etiladi. Bu haqda Bukingem qasri saytida aytiladi.

Foto: Reuters

2020-yilning bahoridan boshlab Garri va Megan qirollik oilasi a’zolari vazifalarini bajarishni to‘xtatadi. Ularga Janobi oliylari / oliyalari deb murojaat qilishni ham to‘xtatishadi.

Bundan tashqari, ularga rasmiy tadbirlar uchun pul mablag‘lari ajratilmaydi.

Garri va Megan Britaniyadagi uylari — Frogmor kotteji ta’miri uchun ajratilgan pullarni ham g‘aznaga qaytarishni rejalashtirmoqda. Ushbu ta’mirlash ishlari soliq to‘lovchilar uchun 2,5 million funt sterlingga tushgan.

Ma’lumot uchun, 8-yanvar kuni Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning nabirasi, shahzoda Garri va uning rafiqasi Megan Markl qirollik oilasining yuqori martabali a’zolari maqomi va u bilan bog‘liq imtiyozlardan voz kechishini e’lon qildi. Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II nabirasi va kelinining ushbu qarorini qo‘llab-quvvatlashini aytgan.