O‘zbekiston WorldSkills International xalqaro harakatining 83-a’zosi sifatida qabul qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabar berdi.

Foto: Google Images

Ma’lum qilinishicha, 17-yanvar, juma kuni WorldSkills International direktorlar kengashi O‘zbekistonning WorldSkills International harakatiga qo‘shilish haqidagi arizasini tasdiqladi.

Qayd etilishicha, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan bir qator idoralar bilan birgalikda ta’sis etilgan Ishchi kasblarni rivojlantirish va ommalashtirish assotsiatsiyasi WorldSkills Uzbekistan milliy operatori hisoblanadi.

WorldSkills International butun dunyo bo‘ylab kasbiy ta’lim, kasb malakasi maqomini va standartlarini oshirishni va butun dunyo bo‘ylab xalqaro musobaqalar o‘tkazish orqali ishchi kasblarni ommalashtirishni maqsad qilgan xalqaro notijorat assotsiatsiya hisoblanadi.