Samarqand shahrida tramvay vagonlariga texnik xizmat ko‘rsatish, tozalash va yuvish sexlari quriladi. 2020-yil Investitsiya dasturi doirasida amalga oshiriladigan bu ishga 7,7 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi. Bu haqda Zarnews xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Ma’lum qilinishicha, dastur doirasida Samarqand shahridagi reabilitatsiya markazida ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash maxsus qabulxonasining qurilishi ham rejalashtirilgan.

Ushbu qurilish 2,9 milliard so‘m mablag‘ hisobiga amalga oshiriladi.

Nashrning yozishicha, “Qiyqim me’mor” xususiy korxonasi tomonidan loyiha qiymati 4,05 milliard so‘m bo‘lgan Nurobod tuman ichki ishlar bo‘limiga mahbuslarni vaqtinchalik saqlash binosini qurish ham ko‘zda tutilmoqda.

Nurobodda, shuningdek, yong‘in xavfsizligi deposi bino va inshootlari quriladi. Ushbu bunyodkorlik uchun 4,8 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.