Sirdaryo hamda Namangan viloyatlarida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshliqlari o‘zgardi.

Foto: O‘zA

O‘zAning xabar berishicha, podpolkovnik G‘ulomjon Muhammedov Favqulodda vaziyatlar vaziri buyrug‘i bilan Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar u Sirdaryo viloyati Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.

Foto: “Daryo”

“Daryo” muxbirining ma’lum qilishicha, polkovnik Bunyodjon Egamnazarov esa Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. U bunga qadar Namangan viloyati Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.