Professional boksning og‘ir vazndagi sobiq chempioni Tayson Fyuri kelajak rejalari haqida ma’lum qildi.

Foto: EPA

Bokschining so‘zlariga ko‘ra, u yana uchta jang o‘tkazib, professional boksdagi faoliyatiga nuqta qo‘yadi.

“Yana uchta jang qoldi. Uaylder bilan uchinchi jang bo‘ladimi, yo‘qmi, bilmayman. Navbatdagi jang Uaylderga qarshi, albatta (22-fevralda Fyuri Uaylderga qarshi revansh jangini o‘tkazadi). Undan keyin esa Entoni Joshua hamda Dilian Uayt bilan jang qilaman. Shundan so‘ng ketaman. Uaydlerni mag‘lub etganimdan keyin Uaytga imkoniyat beraman”, — deydi Fyuri.

Ma’lumot uchun, Tayson Fyuri va Deontey Uaylder o‘rtasidagi ilk jangda durang qayd etilgan. Endi tomonlar 22-fevral kuni revansh jangini o‘tkazadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, @Daryo_sport va @Ufcboxuz kanallariga obuna bo‘ling!