Avstraliyadagi o‘rmon yog‘inlari oqibatida yarim milliarddan ko‘proq jonivorlar nobud bo‘ldi, deb xabar beradi Meduza.

Foto: Meduza

AQShning Massachusets shtatida yashovchi Ouen Kolli nobud bo‘layotgan jonivorlarni qutqarishga qaror qildi.

Avstraliya uning uchun begona mamlakat emas, bolaning otasi Sidney shahrida o‘sib ulg‘aygan. Bolaning o‘zi ham u yerda bir necha oy yashagan.

Kolli va uning ota-onasi Avstraliyadagi yong‘inlarga qarshi kurashish kampaniyasini e’lon qildi. Ular ko‘ngillilardan pul yig‘ib, Yangi janubiy Uelsga — qutqaruvchilarga yuboradi.

50 Avstraliya dollaridan ko‘proq xayriya qilgan odamlarga Kolli oilasi sopol koalalarni sovg‘a qiladi. Bunday koalani yasash uchun uch-to‘rt daqiqa vaqt ketadi, shundan so‘ng ular pechga solib, toblanadi.

Ouen xayriya kampaniyasidagi eng sevimli jarayoni koalalarni yasash ekanligini aytib o‘tgan.

Dastlab ming Avstraliya dollarini yig‘ish rejalashtirilgan edi. Biroq bola va uning ota-onasi bir hafta ichida 250 ming Avstraliya dollari (taxminan 174 ming AQSh dollari) to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.

O‘yinchoq koalalar shu darajada ommalashdiki, bola va ota-onasida ularni yasash uchun loy tugab qoldi.

Qutqaruvchilar o‘zlarining Facebook’dagi sahifasida yong‘inlarga qarshi kurash va ularning oqibatlarini bartaraf etish uchun pul mablag‘lari kerakligini ma’lum qildi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, 50 Avstraliya dollariga opossum uchun qafas sotib olish mumkin. Shuning uchun Kolli va uning ota-onasi qolganlar ham ulardan o‘rnak olib, qutqaruvchilarga yordam berishiga umid bildirmoqda.