“Barselona” klubi “Albasete” hujumchisi Rey Manayni o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda katalon klubi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: “Barselona” matbuot xizmati

22 yoshli futbolchi bilan 2023-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolangan. “Barselona” Manay transferiga 700 ming yevro sarflagan, bu miqdor futbolchining ishtirokiga qarab 2 million yevroga qadar yetishi mumkin.

“Barselona” Manayning shartnomasiga 50 million yevro tovon puli haqidagi bandni kiritib qo‘ydi. Hujumchi yangi jamoasida 22-raqam ostida harakat qiladi.

Albaniyalik futbolchi “Barselona B” jamoasiga to‘p surishi kutilmoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!