Yanvar oyi boshida Eron poytaxtidan parvozga ko‘tarilganidan so‘ng qulagan Ukraina yo‘lovchi samolyoti yer-osmon turkumiga kiruvchi qisqa masofaga uchuvchi ikkita raketa bilan urib tushirilgan. “Korrespondent”ning yozishicha, Eron Fuqaro aviatsiyasi tashkilotining ikkinchi dastlabki hisobotiga tayanib, Bloomberg xabar berdi.

Foto: AP

Unga ko‘ra raketalar shimoldagi “Tor-M1” zenit raketa tizimidan uchirilgan.

Shuningdek, unda quyidagilar keltirilgan:

  • samolyot Tehrondan mahalliy vaqt bilan soat 6:12 da uchgan va 8,1 ming fut (2,47 kilometr) balandlikda aviadispecher bilan aloqani yo‘qotgan;
  • samolyot ikkinchi darajali radardan soat 6:15 da, asosiy radardan esa 6:18 da yo‘qolgan;
  • samolyot aholi turar joyi yaqinidan uchib o‘tib, mahalliy bog‘ga qulagan. Samolyot futbol maydoni, dala va bog‘ bo‘ylab harakatlanayotib bo‘laklarga bo‘linib ketgan.
  • parvoz haqida ma’lumot va uchuvchilar kabinasidagi ovozlarni yozib oluvchi registrator dunyoda eng ilg‘or qurilmalardan biri bo‘lib, Eronda uning kodini ochishning imkoni yo‘q.
  • aviahalokat sabablarini o‘rganuvchi Fransiya va Amerika agentliklari qora qutini rasshifrovkalash uchun zarur qurilmalarni Eronga yuborishdan bosh tortdi.

Eslatib o‘tamiz, “Ukraina xalqaro avialiniyalari”ning Kiyevga uchayotgan Boeing 737 samolyoti 8-yanvar kuni Tehron aeroportidan havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay qulagan edi. Hodisa oqibatida 176 kishi halok bo‘lgan. Eron Ukraina samolyotini xatolik sabab urib tushirganini tan oldi. Uni dushman nishoni deb o‘ylashgan.

12-yanvar kuni Islomiy inqilobiy muhofizlari korpusi Ukraina samolyoti halokati uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Eron urib tushirilgan Boeing qora qutilarini Fransiyaga topshirishini ma’lum qilgan.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy “Ukraina xalqaro avialiniyalari”ning Eron havo hujumidan mudofaa tizimi raketasi bilan urib tushirilishida aybdor bo‘lganlarning bari javobgarlikka tortilishiga va’da berdi.