Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida inson o‘limi bilan yakunlangan YTH yuz berdi. Bu haqda “Andijonliklar” Telegram kanalida xabar berildi.

Foto: Telegram / Andijonliklar

Xabarda aytilishicha, tumanda yashovchi 9-sinf o‘quvchisi hech qanday hujjatlarsiz Spark avtomobilini haydab chiqib ketgan. U boshqaruvni eplolmay daraxtga borib urilgan. Avariya oqibatida Spark ag‘darilib ketgan.

Hodisa oqibatida 16 yoshli Muhammadali Haydarov ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay halok bo‘lgan.