“Lokomotiv” Osiyo Chempionlar Ligasining pley-off bosqichida 21-yanvar, seshanba kuni Tojikistonning “Istiqlol” jamoasiga qarshi bahs olib bordi.

Foto: “Lokomotiv” matbuot xizmati

Toshkentdagi “Lokomotiv” stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda mehmonlar g‘alabaga erishdi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. 61-daqiqada Alisher Jalilov tojikistonliklarni oldinga olib chiqdi. Uning uzoq masofadan bergan zarbasini Ignatiy Nesterov qaytara olmadi.

Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi va “Lokomotiv” ikkinchi saralash bosqichidayoq o‘z yurishini to‘xtatdi.

OChL—2020

Pley-off bosqichi

21-yanvar, seshanba

“Lokomotiv” O‘zbekiston — “Istiqlol” Tojikiston 0:1

Gol: 0:1 — 61 Alisher Jalilov

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!