O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Lyubinko Drulovich U23 Osiyo Chempionati—2020 chorak finali doirasida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Foto: O‘FA

Biz uchun hal qiluvchi o‘yin. Yarim finalda yaxshi jamoalar yig‘ilgan. Saudiya Arabistoni — jismonan kuchli terma jamoa. Taktik jihatdan va tezlik borasida ham ular kuchli. Bizda tayyorgarlik uchun yana bir kun qoldi.

Raqibda dam olishga bir kun ko‘p vaqt bo‘ldi. Ha, bu muhim. Lekin biz shifokorlar bilan maslahatlshib oldik va jamoani tiklay olishga ko‘zim yetmoqda. Hammasi joyida. Biz tayyormiz.

Saudiyaliklar yaxshi taassurot qoldirmoqda. Biz ham shunga yarasha taktika tanlaymiz. Avvalgi uchrashuvda (BAAga qarshi (5:1) — izoh “Daryo”) rostdan ham o‘yinning barcha aspektlari ijobiy kechdi. Bu safar ham shunga intilamiz. Hisob balki bunday yirik bo‘lmas. Har qanday vaziyatga tayyor bo‘lishimiz kerak.

Imkoniyatlar futbolchilarning barchasida 50/50 deb o‘ylayman. Asosiy tarkibni ertaga ularning jismoniy holatidan kelib chiqib tanlaymiz. Qaysi futbolchi tayyor bo‘lsa o‘sha o‘ynaydi

Shogirdlarim finalga chiqishiga ko‘zim yetadi. Orzuyimiz Olimpiadaga chiqish. Bunga erishish yo‘lida borimizni beramiz. O‘zbekiston futboli uchun bu tarixiy natija bo‘ladi

Biz to‘rtta o‘yinda deyarli bir xil tarkib bilan o‘ynadik. Ammo saudiyaliklar ham xuddi shunday ishlamoqda. Bor umidim futbolchilarimdan. Ularning qo‘lidan keladi.

Lyubinko Drulovich, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi 22-yanvar, chorshanba kuni final yo‘llanmasi uchun Saudiya Arabistoniga qarshi bahs olib boradi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 15:15 da boshlanadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!