Tarmoqda Nokia ishlab chiqaradigan eng arzon smartfon haqidagi ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Mahsulotga Nokiapoweruser nashri e’tibor qaratgan.

Nokia 2.2

Foto: MegaObzor

Nashr yangi samrtfonga bag‘ishlangan hujjatlarni AQSh federal aloqa federal komissiyasi (FCC) saytida ko‘rib qolishgan. Hujjatlarda apparat WT-130 nomini olgani qayd etilgan. Nokiapoweruser jurnalistlari ushbu maxfiy shifr ortida Nokia 1.2. rusumidagi telefon turganini ta’kidlamoqda. Nashr taxmini to‘g‘ri ekanligini isbotlash uchun qurilma o‘lchamlarining boshqa smartfon — Nokia 2.2 bilan bir xil ekanligi bilan izohlagan.

Foto: Nokiapoweruser

Hujjatda smartfonning 2920 milliamper-soat quvvatga ega akkumlyatorga ega ekani yozilgan. Jurnalistlarning fikricha, Nokia 1.3 smartfoni 5,7 yoki 5,8 dyuumli ekran displeyiga ega bo‘ladi, devaysning boshqa xususiyatlari Nokia 2.2’ga o‘xshash bo‘ladi. U savdo tarmog‘idagi eng arzon smartfonlardan biri bo‘ladi.

Foto: Nokiapoweruser

Nokia 2.2 2019-yil iyunida taqdim etilgan. Apparat 5,7 dyumli IPS-dipsleyi, Mediatek Helio A22 protsessori, 2 gigabayt tezkor va 16 gigabayt doimiy xotiraga, 13 megapikselli kamera va 3000 milliamper-soat quvvatli akkumlyotorga ega. Qurilma Android One operatsion tizimida ishlagan, uning narxi 100 AQSh dollariga teng.