O‘zbekiston Qahramoni Lola Murotova O‘zLiDeP Siyosiy Kengashining 18-yanvar, shanba kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishidagi chiqishida fermerlarning yilni foyda bilan yakunlashi odatiy holga aylanib borayotganini alohida ta’kidladi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov xabar bermoqda.

Lola Murotova.

Foto: “Daryo”

“Bugunga kelib yilni foyda bilan yakunlaydigan fermerlarga aylandik. Uch yil avval ham xuddi shu mehnatni qilardik, ammo qo‘rqardik. So‘nggi uch yilda ham o‘sha mehnatni qilyapmiz, lekin qo‘rqmayapmiz. Ko‘ring endi bu sharoitlarni!”, — dedi O‘zbekiston Qahramoni, senator Lola Murotova.

Lola Murotova — Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi “Nurli obod” fermer xo‘jaligi rahbari. Unga 2019-yilda O‘zbekiston Qahramoni unvoni berilib, oliy nishon — “Oltin yulduz” medali topshirilgan.