Osiyo Chempionlar Ligasining pley-off bosqich o‘yinlari 21-yanvar, seshanba kuni start oladi.

Foto: OFK

Toshkentning “Lokomotiv” klubi o‘z maydonida Tojikistonning “Istiqlol” jamoasini qabul qiladi. “Lokomotiv” stadionida bo‘lib o‘tadigan bahs 15:00 da boshlanadi.

Pley-off bitta o‘yindan iborat bo‘lib, mazkur juftlik g‘olibi Saudiya Arabistonida “Al-Ahli”ga qarshi guruh yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi. “Lokomotiv” har ikki o‘yindan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda qur’a natijalariga ko‘ra, A guruhidan o‘rin oladi.

“Bunyodkor” ham ushbu bosqichdan o‘z yurushini boshlaydi. Vadim Abramov shogirdlari 22-yanvar, chorshanba kuni Iroqning “Az-Zavra” jamoasiga qarshi Toshkentda o‘yin o‘tkazadi. Bellashuv 14:00 da boshlanishi reja qilingan.

Bu uchrashuv g‘olibi Birlashgan Arab Amirliklarida “Al-Ayn”ga qarshi bahs yuritadi. “Qaldirg‘ochlar” bu bosqichdan o‘ta olsa, u holda “o‘lim guruhi” deya atalayotgan “D” guruhidan o‘rin oladi.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo Chempionlar Ligasining 2020-yilgi musobaqasida O‘zbekiston klublariga “1+2” kvota berilgan. “Paxtakor” to‘g‘ridan to‘g‘ri guruh bosqichida qatnashsa, “Lokomotiv” va “Bunyodkor” saralash o‘yinlarida ishtirok etadi.

OChL—2020

Pley-off bosqichi

21-yanvar, seshanba

15:00. “Lokomotiv” (O‘zbekiston) — “Istiqlol” (Tojikiston)

22-yanvar, chorshanba

14:00. “Bunyodkor” (O‘zbekiston) — “Az-Zavra” (Iroq)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!