Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi Hindistonda smartfonlar uchun ekranlar ishlab chiqaruvchi ilk zavodini quradi. Bu haqda “IXBT” xabar berdi.

Foto: Google Images

Ma’lum qilinishicha, kompaniya ushbu zavodga 500 million dollar investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, keyinchalik zavodda noutbuklar va televizorlar uchun displeylar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish ham rejalashtirilgan.

Hindiston hukumati kompaniyaga zavodni qurish uchun zarur bo‘lgan yer maydonini ajratib bergan. Zavod Noida shahrida barpo etiladi.

Samsung zavod qurilishini qachon yakunlashiga aniqlik kiritilmagan, biroq ilk ishlab chiqarish liniyalarini joriy yilda ishga tushirish rejalashtirilgan.