Buyuk Britaniya qirolichasining nabirasi Garri mamlakatni tark etdi hamda Kanadaga — rafiqasi va o‘g‘lining yoniga ketdi, deb yozadi Meduza.

Foto: Getty Images

Qayd etilishicha, Garri 20-yanvar kuni kechki payt Afrika mamlakatlari investitsion sammitida qirollik oilasi a’zosi sifatida ishtirok etganidan so‘ng Kanadaga uchib ketgan. Bu Garri qirollik oilasi a’zosi sifatida ishtirok etgan so‘nggi tadbir bo‘ldi.

Shuningdek, safar oldidan Garri Britaniya bosh vaziri Boris Jonson bilan uchrashgan. Bu uchrashuv tafsilotlari oshkor etilmayapti.

9-yanvar kuni shahzoda Garri va Megan Markl qirollik oilasining yuqori martabali a’zolari maqomidan voz kechmoqchi ekanligini ma’lum qildi. Ushbu qaror qirolicha Yelizaveta II tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.