Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis palatalarining 21-yanvar kungi qo‘shma majlisida bosh vazir lavozimiga Abdulla Aripov nomzodini tavsiya etdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov xabar bermoqda.

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Eslatib o‘tamiz, yangi saylangan O‘zbekiston Senatining 20-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan birinchi yalpi majlisida bosh vazir Abdulla Aripovning hukumati o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilish to‘g‘risidagi arizasi o‘qib eshittirilgan edi.

Undan avvalroq, O‘zLiDeP Siyosiy kengashining 18-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida Abdulla Aripov nomzodi O‘zbekiston bosh vaziri lavozimiga ilgari surilgan edi.

O‘zLiDeP 2019-yilgi parlament saylovlari yakunlariga ko‘ra, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida eng ko‘p — 53 ta deputatlik o‘rnini egallagani bois bosh vazir nomzodini ilgari surish huquqini qo‘lga kiritgan edi.