O‘zbekiston mustaqillikning dastlabki yillarida yon qo‘shnilaridan ko‘ra yaxshiroq iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ega, ammo o‘tgan yillar davomida bu marra boy berildi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis palatalarining 21-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisidagi chiqishida aytib o‘tdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Iqtisodiyotimiz 1991-yilda boshqa qo‘shnilarimizga nisbatan ancha yaxshi edi. Yalpi ichki daromad ham qo‘shnilarimizga nisbatan yuqori edi va bu marrani ularga bermaslik uchun hamma asos bor edi. Mustaqillik yillarida yon qo‘shnilarimizdan eng kattasining yalpi ichki mahsuloti 180 milliard dollarga yetdi.

Mana shu masalalarni besh yilda hal qilsak tarixda qolamiz. Men sizlarga aytyapman — bunga yetish uchun O‘zbekistonda hamma imkoniyatlar bor. Yerosti boyliklari ham, yer usti boyliklari ham, olijanob, mehnatkash, tarixan qonida juda katta tadbirkorlik bo‘lgan xalqimiz bor, bizda hamma narsa bor.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti