Korrupsiya O‘zbekistonga juda katta zarba beryapti. Bu fikr Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Oliy Majlis palatalarining 21-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisida bildirildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ertaga murojaatnomada ham korrupsiyaga alohida etibor bermoqchiman. Negaki, yonimizda bunday (korrupsioner) shaxslarga, bunday to‘dalarga o‘rin yo‘qligini hammamiz bildirishimiz kerak.

Korrupsiya bizga juda katta zarba beryapti, oyog‘imizga kishan bo‘lyapti. Kechirasiz-u, ko‘p-ko‘p qonunlar korrupsion to‘dalarga qarab qabul qilingan desak, bu ham to‘g‘ri. Ko‘p qonunlar, qarorlar shunday bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti