Yoqilg‘i-energetika sohasiga investorlar kelishi uchun narxlar bozor tomonidan belgilanishi kerak. Bu fikr Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Oliy Majlis palatalarining 21-yanvar, seshanba kuni bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisida bildirildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov.

Yoqilg‘i-energetika sohasiga investorlar kelishi kerak, deyapmiz. Lekin yoqilg‘i-energetikaning narxi qanday edi? Sotsializm zamonidagi narx bilan 25 yil yurdik. Bu holatda bizga hech qachon investor kelmaydi.

Hozir narx-navoni birdaniga ko‘tarib yuborsak, uni qabul qiladigan xalqimizning daromadi yo‘q. Oldin daromadni ko‘paytirish kerak, keyin buni. Qanday og‘ir bo‘lmasin, 2019-yilda xalqimizga tushuntirib, birinchi qadamlarni qo‘ydik.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti