Amir Muhammad Abdulrahmon al-Mavliy as-Salbiy IShID terrorchilik tashkilotining yangi yetakchisi etib tayinlandi. Bu haqda ikkita razvedka xizmati vakillariga tayanib, The Guardian xabar berdi.

Foto: KNews.kg

As-Salbiy IShIDning sobiq yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy o‘lganidan bir necha soat o‘tib, rahbarlikni qo‘lga olgan. Al-Bag‘dodiyning o‘rnini Abu Ibrohim al-Xoshimiy al-Qurayshiy egallashi kerak edi, biroq terrorchilik tashkilotida uni tan olishmagan.

Al-Salbiy Iroqda tug‘ilgan bo‘lib, millati arab emas. Shuningdek, u Hoji Abdulla va Abdulla Qardosh nomi bilan ham tanilgan. Al-Salbiy Mosul universitetida shariat qonunlari bo‘yicha ilmiy daraja olgan. 2004-yilda u Amerika qo‘shinlari tomonidan qo‘lgan olinib, Iroq janubidagi qamoqxonaga joylashtirilgan. Al-Salbiy aynan o‘sha yerda Bag‘dodiy bilan tanishib qolgan. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra uning o‘g‘li bor.

Al-Bag‘dodiy o‘ldirilishidan oldinroq AQSh Davlat departamenti Salbiy va tashkilotning yana ikki nafar rahbari boshi uchun 5 million dollar va’da qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, IShID yetakchisi al-Bag‘dodiy yo‘q qilinganini AQSh prezidenti Donald Tramp 27-oktabr kuni e’lon qilgandi. 31-oktabr buni terrorchilik guruhi a’zolari ushbu xabarni tasdiqlagan edi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.