Rossiya Tergov qo‘mitasi Tomsk viloyatidagi 11 kishi yonib ketgan taxta tilish korxonasi yog‘och binosidagi surishtiruv harakatlari videosini e’lon qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: Rossiya FVV

Hodisa oqibatida 10 nafar o‘zbekistonlik va bir nafar rossiyalik halok bo‘ldi. Ikki kishi yong‘indan omon qolishga erishgan.

Viloyat rasmiylariga ko‘ra, korxona hududidagi bino odamlar yashashi uchun mo‘ljallanmagan, uning derazalarida panjaralar o‘rnatilgan.

Videokadrlarda binodan faqat yonib bitgan devorlar qolganini ko‘rish mumkin. Tergovchilar hodisa joyini ko‘zdan kechirib, foto va videoqayd o‘tkazmoqda.

Tomsk ma’muriyatining aniqlik kiritishicha, yong‘inning dastlabki sababi — elektr jihozi nosozligi.

Tergov qo‘mitasi Tomskdagi yong‘inda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadi tanib bo‘lmas darajada kuyib ketganini ma’lum qildi.