O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi 21-yanvarga o‘tar kechasi Rossiyaning Tomsk viloyatida yuz bergan yong‘inda halok bo‘lgan 9 nafar o‘zbekistonlikning shaxsiga aniqlik kiritilganini ma’lum qildi.

Foto: Rossiya FVV

Shaxsiga aniqlik kiritilgan qurbonlardan 8 nafari Navoiy viloyati, Qiziltepa tumanidan. Yana bir qurbon Samarqand viloyatidan.

Halok bo‘lganlar:

1. Murtazoyev Shahzod Sanjar o‘g‘li, 1999-yil (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan)

2. Elmurodov Temur Damir o‘g‘li, 1994-yil (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan)

3. Mo‘minov Xurshid Mehriddin o‘g‘li, 1997-yil (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan)

4. G‘aybulloyev Ramziddin Mehriddin o‘g‘li,1998-yil (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan)

5. Ergashev Hoshimjon O‘tkir o‘g‘li, 1999-yil (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan)

6. Hasanov Bunyod Karim o‘g‘li, 1994-yil (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan)

7. Norov Mehriddin G‘aybullayevich, 1966-yil (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan)

8. Boymurodov Keldiyor Kandiyorovich, 1987-yil (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan)

9. Hasanov Umid Karimovich, 1979-yil (Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumanida isqitomat qilgan)

Hozirda 10-qurbonning shaxsiga aniqlik kiritilmoqda.

21-yanvar kuni Moskva vaqti bilan soat 00:05 da Rossiyaning Tomsk viloyati Asino tumani Prichulimskiy aholi yashash punkti Svoboda ko‘chasidagi bir qavatli yog‘ochdan qurilgan 1/3-uyda yong‘in sodir bo‘lgan. Ushbu uylarda “Grinvud” yog‘och kompaniyasida ishlagan 12 nafar o‘zbekistonlik istiqomat qilgan.

Hodisa oqibatida 10 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgan, 2 o‘zbekistonlik omon qolgan. Shuningdek, bir nafar rus ayoli ham yong‘inda vafot etgan.

Rossiya Tergov qo‘mitasiga ko‘ra, qurbonlarning jasadlari qorayib, kuyib ketgan hamda tanib bo‘lmas darajaga kelgan.

“Ularning shaxsi genotipik ekspertiza yordamida aniqlanadi. Ya’ni halok bo‘lganlarning qarindoshlaridan qon namunasi olinadi va tana qoldiqlari namunalari bilan solishtiriladi”, — deyiladi Tergov qo‘mitasi xabarida