Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Zargarlik ko‘chasi va Olmazor tumani “Jomiy” maydonidan o‘tuvchi magistral issiqlik quvurlarida nosozlik yuzaga keldi. Bu haqda “Toshissiqquvvati” DUK bergan ma’lumotga tayanib, poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra ayni vaqtda mazkur muammolarni bartaraf etish ishlari boshlangan.

Shu munosabat bilan 21-yanvar kuni soat 18:00 ga qadar Chilonzor tuman Guliston, Al-Xorazmiy, Olmazor va Shayxontohur tumani Sebzor, Shimoliy Olmazor, Taxtapul, Markaz-12, 15, 17 va 18-mavzelarida vaqtincha issiq suv va issiqlik ta’minoti uziladi.