20-yanvar kuni soat 02:30 da Xorazm viloyati Yangibozor tumanida Nexia-3 haydovchisi yo‘l chetiga ag‘darilib ketib, yo‘l-transport hodisasini sodir etdi, deb xabar beradi IIV YHXBB axborot xizmati.

Foto: IIV YHXBB

1988-yilda tug‘ilgan Nexia-3 haydovchisi “Shovot—Urganch” avtomobil yo‘lida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetiga ag‘darilgan.

Natijada haydovchi bosh qismidan tan jarohati olib, kasalxonada vafot etgan.

Foto: IIV YHXBB

“Hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari, yo‘llarda harakatlanganda yo‘l harakati qoidalariga amal qiling. Yo‘l hushyorlik va intizomni yoqtiradi”, — deya ogohlantiradi IIV YHXBB.