Ichki ishlar vazirligi tizimida tayinlov amalga oshirildi, deb xabar bermoqda IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Foto: “Daryo”

Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari — IIV huzuridagi Tergov departamenti boshlig‘i polkovnik Doniyor Toshxo‘jayev Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

U “Mahalla” kengashi raisi lavozimiga o‘tkazilgan Rahmat Mamatov o‘rnini egalladi.

Doniyor Toshxo‘jayev yangi lavozimga tayinlangunga qadar 2019-yilning iyunidan buyon Tergov departamenti boshlig‘i lavozimi ishlab kelayotgan edi. Undan avval 2019-yil yanvaridan beri Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari — Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i, avvalroq esa IIBB boshlig‘i o‘rinbosari — Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.