O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Ichki ishlar vazirligining mas’ul xodimlaridan iborat ishchi guruh Namangan viloyatida ish boshladi. Bu haqda Namangan viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Namangan viloyati IIB axborot xizmati

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Ichki ishlar vazirligining mas’ul xodimlardan iborat ishchi guruh shakllantirildi.

Ushbu guruhlar joriy yilning 31-yanvaridan 21-fevraliga qadar respublikaning barcha hududiy ichki ishlar organlarida tezkor-xizmat faoliyatini o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish ishlarini tashkillashtiradi.

Foto: Namangan viloyati IIB axborot xizmati

6-fevral, payshanba kuni, O‘zbekiston Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari U.Toshxo‘jayev hamda ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Doniyor Qodirov rahbarligidagi ishchi guruh Namangan viloyatiga tashrif buyurdi va viloyat ichki ishlar boshqarmasida o‘tkazilgan yig‘ilishda Ichki ishlar vazirligining mas’ul xodimlariga barcha tuman-shahar ichki ishlar organlarining tezkor-xizmat faoliyatini o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Shundan so‘ng, tizimdagi yangi obyektlar bilan tanishish, yosh xodimlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish, mahallalarda aholi muammolarini o‘rganish maqsadida uchrashuvlar tashkil etildi.

Avvalroq mazkur ishchi guruh Farg‘ona viloyatida ichki ishlar idoralari faoliyatini o‘rgangan edi.