5-fevral kunining hisob-kitoblariga ko‘ra, Xitoyda koronavirusni yangi yuqtirib olganlar soni epidemiya boshlanganidan beri birinchi bor avvalgi kunga nisbatan kamaydi. Bu haqda 6-fevral kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining favqulodda dasturlar bo‘yicha ijrochi direktori Mayk Rayan ma’lum qildi, deb xabar beradi Reuters.

Foto: A News

Shu bilan birga Rayan epidemiya o‘zining yuqori nuqtasiga chiqdi deb aytish uchun hali erta ekanligini ta’kidlagan.

Xitoy sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoyning o‘zida 563 kishi vafot etgan. Mamlakat hududidan tashqariga yangi qurbonlar yo‘q. Avvalroq Gonkongda ham va Fillipinda ham bir kishi vafot etgani xabar berilgan edi.

Avvalroq Xitoyning yetakchi epidemiologi Li Lanszyuan boshchiligidagi tadqiqotchilar guruhi (2019-nCoV) koronavirusga qarshi kurashda yutuqqa erishganini e’lon qildi. Shuningdek, Xitoy koronavirusga qarshi 3 yildan beri mavjud bo‘lgan doriga patent olmoqchi ekanligi ma’lum qilindi.