Rossiya prezidentining administratsiyasida inson yuzini skanerlash orqali uning shaxsini aniqlash tizimini grim qilib aldashga uringan to‘rt nafar odamning harakatlari fosh qilindi. Bu haqda “OVD-Info” xabar tarqatgan.

Foto: Facebook/Katrin Nenasheva

Ushbu harakat “qoidaga zid aksiya” deb baholanmoqda.

Foto: Facebook/Katrin Nenasheva

Fevral boshida bir guruh rassomlar “Sleduy” (“Amal qil”) aksiyasi boshlanganini bildirgan.

“Ushbu harakatning maqsadi — data-fobiya, ya’ni ma’lumotlar bazasiga tushib qolishdan qo‘rquvchi moskvaliklarga identifikatsiyadan o‘tmaslik uchun yuzni grim qilishni o‘rgatishdan iborat”, — deya yozgan rassomlar Facebook’da.

Foto: Facebook/Sergey Kuok

Yuz orqali shaxs haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish tizimi Moskvada 2017-yildan amalga kiritilgan, 2019-yil oxirida shahardagi kameralarning 40 foizi (jami kameralar soni 162 dona) mazkur tizimga ulanishi ko‘zda tutilgandi.