Xitoyning Shanxay shahri rasmiylari aholiga barcha jamoat joylarida niqob taqib yurish majburiyatini yuklovchi qaror qabul qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Foto: ChinaNews

Jumladan, aeroport, metro, jamoat transporti bekatlari, shuningdek, maktablar, kasalxonalar, savdo markazlari va supermarketlarda faqat niqobda yurish mumkin. Ulardan ayrimlariga kirish chog‘ida albatta harorat o‘lchab ko‘riladi.

Mazkur qaror koronavirus tufayli joriy etilgan favqulodda holat bekor qilinguncha amalda bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Shanxay Uxandan 670 kilometr uzoqda joylashgan bo‘lib, aholi soni jihatidan Xitoyda ikkinchi o‘rinda turadigan ushbu megapolisda 25 millionga yaqin kishi istiqomat qiladi.