Kanadaning ustki kiyim va kurtkalar ishlab chiqaruvchi Canada Goose kompaniyasi aksiyalari qiymati oxirgi savdolar choragi 4,38 foizga tushib ketdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Foto: “TASS”

Kotirovkalar pasaygani fonida kompaniya direktori Dani Reysning milliarderlar safidan chiqdi: uning mol-mulki avvalgi 1,3 milliard dollardan 874 million dollargacha tushdi.

Hozirda kompaniyaning bitta aksiyasi 31,84 dollardan sotilmoqda. 6-fevralda bu ko‘rsatkich 33,3 dollarga teng edi.

Kompaniya aksiyalari 2019-yil 29-dekabrda yakunlangan moliyaviy yilning uchinchi choragi hisoboti taqdimotidan so‘ng tushib ketdi. Unda Canada Goose Xitoyda avj olgan koronavirus kompaniya faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini bildirgandi.

Jumladan, virus tufayli xarid qobiliyati pasayadi, Xitoy, Shimoliy Amerika va Yevropadagi chakana do‘konlar zarar ko‘radi, onlayn-sotuv hajmi ham qisqaradi.