Rossiya va Xitoy AQSh uchun asosiy tahdid tug‘diruvchi davlatlar hisoblanadi. Bu AQSh kontrrazvedkasining 2020—2022-yillarga mo‘ljallangan yangi strategiyasida aks etgan, deya xabar beradi “Kommersant”.

Foto: AP

Razvedka boshqa tahdidlar qatoriga Kuba, Eron, Shimoliy Koreya, “Hizbulloh”, IShID va “Al-Qoida”ni kiritgan.

“Qo‘shma Shtatlarga qarshi kayfiyatdagilar soni ortib bormoqda. Rossiya va Xitoy global ko‘lamda harakat qilmoqda, bizga qarshi barcha uslublarni qo‘llamoqda va ular zamonaviy razvedka imkoniyatlarining keng spektriga ega”, —deyiladi hujjatda.

Hujjatga ko‘ra, xorijiy razvedka o‘z e’tiborini AQShdagi aksariyat hukumat departamentlari va muassasalariga qaratgan. Shuningdek, inqiroz holatida harbiy obyekt va infrastruktura faoliyatini izdan chiqarish harakatida bo‘lmoqda.