Yanvar oyining boshida Eron tomonidan Iroqdagi AQSh harbiy bazasiga amalga oshirilgan raketa zarbalari oqibatida 100 dan ortiq amerikalik askar jarohat olgan. Ularga bosh miya jarohati tashxisi qo‘yilgan, deb xabar qiladi Reuters.

Foto: Middle East Eye

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, yaqin vaqt ichida amerikalik harbiylar jarohat olganlar soni oshganini rasman tasdiqlash to‘g‘risida yig‘iladi. Pentagon hozircha bunga izoh bermagan.

Yanvar oyida raketa zarbalari oqibatida amerikalik harbiylardan 50 kishi jarohatlangani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, AQSh va Eron o‘rtasidagi keskinlik AQSh tomonidan Eronning eng nufuzli generali Qosim Sulaymoniy o‘ldirilgach kuchaydi. Bunga javoban Eron 8-yanvar kuni AQShning Iroqda joylashgan ikkita harbiy bazasiga raketa zarbalarini berdi.