O‘zbekiston axborot agentligi o‘z sayti va moddiy-texnik bazasini yangilash uchun davlat budjetidan 5,4 milliard so‘m mablag‘ so‘ragani haqida xabar bergan edik. Murojaatning pul agentlik direktorining shaxsiy javobgarligiga berilishi haqidagi qismi ayniqsa muhokamabop nuqtaga aylandi va yuzlab internet foydalanuvchilarining noroziligiga sabab bo‘lib ulgurdi.

Skrin: “Daryo”

O‘zA da ishlab ketganligim bois unga tegishli xabarlarga befarq emasman. O‘zAga zarur texnikalar olish va saytini yangilash uchun 5,4 milliard so‘m ajratilishini eshitib xursand bo‘ldim. Ammo muhokamaga qo‘yilgan VM qarorida mablag‘ aprel oyida ajratilishi yozilgan (oyning boshidami yoki oxirida?). 2-dekabrdagi “O‘zA to‘g‘risida”gi qarorda esa 1-mayda saytning yangi versiyasini ishga tushirish belgilangan. Shuni aniq aytishim mumkinki, sayt yaratadigan hech bir MChJ bir oy ichida bu ishni amalga oshira olmaydi. Qolaversa, hali ochiq tender ham o‘tkazilishi kerak. Kimdir qilsa ham, chala qiladi (faqat pul uchun). Agar O‘zAdagilar Uzinfocom’ga ishonayotgan bo‘lsa, xato qilishadi. Ularda tayyor shablon platformalar bo‘lishi mumkin. Lekin u bilan uzoqqa borib bo‘lmaydi. Balki ARBOBlarning biz bilmagan imkoniyatlari bordir. Omad!

Bunyod Abdullayev

Skrin: “Daryo”

O‘zA muxbiri Anora Sodiqova ham fikr bildirib, agentlik katta o‘zgarishlarga muhtojligini va bunda moddiy ko‘mak kerakligini ta’kidladi:

O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga ishga kelganimda o‘zimni sovet davriga sayohat qilgandek his qilganman. Hozir bunga ko‘nikdim. Tashqarida XXI asr, ichkarida esa...

Janjalli maqolalarni esa Stalin davrini eslatuvchi o‘rindiqlarda o‘tirib yozaman. Texnikaga kelsak, boshqa OAV xodimlari ham juda yaxshi biladi: qachon O‘zA vakili biror tadbirga yaxshi texnika bilan qurollanib borgan? Tahririyatda muxbirlarga oddiygina kompyuter yetishmaydi. Chekka qishloqda gazsiz o‘tirgan aholini ishxonada o‘tirib juda yaxshi his qilamiz. Chunki O‘zAda isitish tizimi risoladagidek ishlamaydi. Saytning ko‘rinishi eski ekanligini eslatish shart emas. Oylik mayli, u haqida gapirmay qo‘yaqolayin... Shu ahvolimizga 5,4 milliard ajratilishi mumkin. Bu pullar hali tasdiqlanmagan.

O‘zAni o‘zgartirish kerakligini hamma biladi, shu jumladan, tanqid qilishni ham. Lekin kim shu ahvolda qolgan saytni kelib o‘zgartirishga, yangi ruh olib kirishga yordam bera oladi? Bu ishni bajarish uchun “jichchagina” fidoyilik kerak (yana moliyaviy taraflama erkin bo‘lishi ham zarur).

Ana, shunday fidoyilardan biri dasturchi Alisher Tadjiyev saytni tekinga qilib bermoqchi ekan, yaxshi ish bo‘lar edi.

O‘zA uchun alohida server, yangi yaratiladigan portal serveri ham sotib olish zarur. Alisher Tadjiyev talab darajasida axborot portali yaratib bera olsa, qaniydi. Budjet puli tejalishi bilan birga ta’mirlash ishlari ham tezlashib ketarmidi. Texnika uchun ham mablag‘ ko‘proq ajratilarmidi. Kompyuter talashib yurgan davrlarimiz tarixda qolar edi... Shu o‘zgarishlar bo‘lsa, kadrlar masalasi ham yechilsa kerak. Hozir yoshlarga, blogerlarga O‘zAga kelib ishlashdan uni tanqid qilish qulayroq.

Gapning indallosini aytganda, O‘zAdan olish kerak emas. Unga berish kerak. Shuning uchun ham uni tashlab ketmay shu yerda ishlab yuribman...

Foto: Facebook / Anora Sodiqova

Yaqinda O‘zAni rivojlantirish uchun budjet hisobidan 5,4 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi haqida xabarlarni o‘qidik. Bu pullar barcha shart-sharoitlarga (kameralar, kompyuterlar, serverlar va kerakli texnika invertarlar) hamda yangi sayt uchun sarflanishi ko‘zda tutilgan.

Bir ukaxonimiz tashabbusi bilan davlatimizga ajoyib taklif tushibdi.

Davlatimiz rozi bo‘lib, bu ish o‘xshashiga ishona olmayman. Sababi pullar reja, dastur asosida ajratilib, uning maqsadli yo‘naltirilishi nazoratda bo‘ladi.

Ammo bu taklifni qo‘llab quvvatlayman. ?

Channel of Kama

Kanal nazarda tutgan g‘oya dasturchi Alisher Tadjiyevga tegishli:

Assalomu alaykum hurmatli O‘zbekiston Milliy axborot agentligi! Men ko‘p yillik tajribamga tayanib sizlarning saytingizni yana-da takomillashtirib, davlatimiz budjetiga 5,4 milliard so‘mlik foyda keltirmoqchiman. Saytingizni qilib berishda O‘zbekistondagi eng yuqori malakaga ega bo‘lgan kompaniyalarda ishlaydigan do‘stlarim(senior’lar) ham ko‘maklashadi.  Faqat bir iltimos bor, shu ajratilgan summani barchasini homiylik asosida kontrakt pulini to‘lashga qiynalgan talabalarga ajratsangiz. Biz jamoamiz bilan tayyormiz!

Skrin: “Daryo”

Boshqa ko‘plab tarmoq foydalanuvchilari ham ushbu masalada munosabat bildirdi.

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

Fikr bildirganlarning aksariyatining izohidan ular bunday miqdordagi mablag‘ ajratishga qarshi ekanini ko‘rish mumkin.

Skrin: “Daryo”

“Troll.uz” kanali ajratiladigan pulning katta qismi o‘zlashtirib yuborilishi mumkinligiga yengilgina shama qildi.

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

Twitter ham shu mavzu doirasidagi muhokamalardan bebahra qolmadi.