Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matovning ma’lumot berishicha, Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi 2020-yil iyun oyining ikkinchi yarmida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.

Foto: “Daryo”

“Yaxshiroq tayyorlanish maqsadida ushbu tashrifni iyunning ikkinchi yarmida uyushtirishga kelishib oldik”, — dedi brifingdagi savolga javob bergan Ne’matov. Uning qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekiston Prezidentining Rossiyaga tashrifi dasturiga hududlar va rektorlar o‘rtasidagi navbatdagi forumlar, media-forum va boshqa tadbirlar kiradi.