18-fevral, seshanba kuni, futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasida ilk uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.

Foto: UEFA

Jumladan, Dortmundda “Borussiya” PSJni qabul qiladi. Ushbu uchrashuvni boshqarib borish ispaniyalik hakamlar brigadasi chekiga tushdi. O‘yin bosh hakami — Mateo Laos.

Madridda “Atletiko” klubi musobaqaning amaldagi g‘olibi “Liverpul” bilan bahsga kirishadi. Ushbu o‘yinni polshalik Shimon Marchinyak boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqaradi.

Mavzuga doir: Yevropa Chempionlar Ligasi kubogi ilk marta Toshkentga olib kelinadi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!