16-fevral, yakshanba kuni dunyoning turli burchaklarida olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.

Yokogama, Yaponiya

Diamond Princess sayohat kemasida yangi turdagi koronavirusni yuqtirib olganlar 70 kishiga ko‘payib, kasallanganlarning umumiy soni 355 kishiga yetdi.

Foto: AFP

Quyi Kaliforniya, Meksika

Odamlar AQSh bilan chegaradagi to‘siqqa yurak shaklini chizmoqda.

Foto: EPA

London, Buyuk Britaniya

Devid Bekxem farzandlari Romeo, Kruz va Xarper bilan Londondagi moda haftaligida Viktoriya Bekxem kolleksiyasidagi liboslarni tomosha qilmoqda.

Foto: AFP

Nitssa, Fransiya

Nitssadagi karnavalda modelyerlar Soni Rikel, Jan-Pol Gotye va Karl Lagerfeldlarning pufakdan yasalgan ulkan modellari olib o‘tildi.

Foto: Getty Images

Islomobod, Pokiston

Qochoqlar lageridagi bolalar.

Foto: Getty Images

Dubay, BAA

Butunjahon ayollar forumi ochilishida O‘zbekiston Prezidentining qizi Saida Mirziyoyeva AQSh prezidentining qizi Ivanka Tramp bilan ko‘rishdi.

Saida Mirziyoyeva va Ivanka Tramp.

Foto: Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi

Tailand

Koronavirus sabab xitoylik turistlarga qo‘yilgan ayrim taqiqlar tufayli Tailand, Laos, Vyetnam va Kambodjada sayyohlar soni keskin kamayib ketdi.

Foto: AFP

Texas, AQSh

Musobaqa vaqtida buqa 10 yoshli chavandozni uloqtirib tashlamoqda.

Foto: Getty Images

Shanxay, Xitoy

Koronavirusdan himoyalanish uchun niqob taqib olgan itlar.

Foto: Reuters

Buyuk Britaniya

G‘ozlar “Dennis” to‘foni tufayli Severn daryosining toshib ketgan suvlari ustida suzmoqda.

Foto: AFP

Assam, Hindiston

Musulmon ayollari musulmonlarni kamsituvchi yangi qonunga qarshi namoyish o‘tkazmoqda.

Foto: Getty Images

Pyura, Peru

Ekvadorning “Barselona SK” futbol klubi ishqibozlari bo‘lgan avtobus Peruda 15 metr balandlikdan qulab tushgan. Hodisa oqibatida sakkiz nafar fanat halok bo‘ldi.

Foto: EPA

Roztoki, Chexiya

Bahor kelishi arafasida nishonlanadigan Myasopust karnavali.

Foto: Shutterstock

London, Buyuk Britaniya

Londondagi moda haftaligida Richard Kuinn ijodiga mansub libosni namoyish etayotgan model.

Foto: EPA

Jindayris, Suriya

Urush davom etayotgan hududlardan ko‘chirilgan bolalar.

Foto: Getty Images

Kaliningrad, Rossiya

Markaziy bozorda otib o‘ldirilgan er-xotin ishlagan joyga odamlar gullar keltirmoqda. Er-xotinni otib tashlagan erkak ham ular bilan birga sabzavotlar sotgan. Joy talashish tufayli ular o‘rtasida nizo kelib chiqqanligi taxmin qilinmoqda. Qotil er-xotin va ularning 13 yoshli o‘g‘lini ov miltig‘idan otgan, bola omon qolgan. Jinoyatchi keyin o‘z joniga qasd qilgan.

Foto: “TASS”