19-fevral, chorshanba kuni dunyoning turli burchaklarida olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.

Vashington, AQSh

Donald Tramp Kaliforniyadagi saylovoldi safariga qanday kayfiyatda ketayotganini jurnalistlarga ko‘rsatmoqda.

Foto: Reuters

Toshkent

Uxandan qaytgan 84 nafar o‘zbekistonlik karantin muddati yakunlangach xursandchilik qilmoqda.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Amritsar, Hindiston

Shahzoda Nand kollejida karate bo‘yicha mahoratini ko‘rsatayotgan talaba.

Foto: AFP

Omsk, Rossiya

Issiqlik trubasi ustida o‘tirgan uysizlar.

Foto: Reuters

Yokogama, Yaponiya

Jurnalistlar Diamond Princess kruiz layneridagi karantindan chiqqan yo‘lovchiga savollar bermoqda.

Foto: AFP

Anqara, Turkiya

Shavkat Mirziyoyev Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning taklifiga binoan Turkiyaga tashrif buyurdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Valparaiso, Chili

Chilida hukumatga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda.

Foto: Reuters

Nakapiripirit, Uganda

Suvloq bo‘yidagi mahalliy aholi. Ushbu hududda yashovchi aholi chorvachilik orqasidan kun ko‘radi.

Foto: AFP

Cho‘liston, Pokiston

Cho‘liston cho‘lidagi rallida mashina oynasidan chiqib olgan erkak.

Foto: Reuters

Tokio, Yaponiya

Sensodzi ibodatxonasidagi kimono kiyib, niqob taqib olgan turistlar.

Foto: Reuters

Milan, Italiya

Milandagi moda haftaligida Gucci’ning kuz—qish (2020—2021) mavsumi kolleksiyasi namoyish etildi.

Foto: AP Photo

Mexiko, Meksika

Mexikoda o‘ldirib ketilgan 7 yoshli qizning dafn marosimi bo‘lib o‘tdi. 11-fevral kuni yo‘qolib qolgan qizchaning jasadi bir necha kundan so‘ng polietilen paketga o‘rab ketilgan holda topildi.

Foto: AFP

Ballikotton, Irlandiya

“Dennis” dovuli tufayli Irlandiyaning Kork grafligi sohiliga Tanzaniya bayrog‘i ostidagi “arvoh kema” chiqib qoldi.

Foto: AFP

London, Buyuk Britaniya

Billi Aylish eng yaxshi xalqaro artist nominatsiyasida British Awards mukofotini qo‘lga kiritdi.

Foto: Reuters

Pekin, Xitoy

Xitoyliklar supermarketdan oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan banan xarid qilmoqda.

Foto: Reuters

Yanvar oyi oxirida ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonga Xitoydan keltiriladigan bananlarda koronavirus infeksiyasi borligi haqidagi xabarlar tarqalgach, bananlar narxi keskin tushib ketgan edi. Shundan so‘ng O‘zbekistonga sotiladigan bananlarning deyarli barchasi Ekvadordan keltirilishi ma’lum qilindi.

Katmandu, Nepal

Shiva ma’budi sharafiga Maha Shivaratri bayrami nishonlanmoqda.

Foto: EPA

Indoneziya

Indoneziya harbiy-havo kuchlari qo‘shinlari mamlakat havo hududini himoya qilish bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazdi.

Foto: EPA

Sianukvil, Kambodja

Koronavirus xavfi sabab beshta mamlakatga kiritilmagan Westerdam kemasi fonida suratga tushayotgan ayol.

Foto: AFP

San-Salvador, Salvador

Harbiylar jinoiy guruhlarga qarshi operatsiya oldidan hordiq chiqarmoqda. Prezident Noyib Bukele jinoyatchilikka qarshi kurashayotgan harbiylar sonini 10 mingga yetkazishga buyruq berdi.

Foto: Reuters

Solsberi, Buyuk Britaniya

Solsberi cherkovidagi chiroqli installyatsiya. Bu yil Solsberi cherkovi qurilganiga 800 yil to‘ldi.

Foto: PA

Sagaing, Myanma

Naga qabilasi ayollari hosil mo‘l bo‘lishi o‘tkazilayotgan marosimda raqs tushmoqda.

Foto: Getty Images