20:57, 05.03.2020 // 135497

“Daryo” oqshomi: Koronavirus bo‘yicha 5-martning asosiy xabarlari

Kasallanganlar va vafot etganlar

Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi mamlakatda 4-mart holatiga ko‘ra, yangi turdagi COVID-19 koronavirusi oqibatida 31 kishi vafot etgani, ushbu kasallik bilan vafot etganlarning jami soni esa 3 mingdan oshib ketgani haqida xabar berdi. Virus yana 139 kishida aniqlangan.

Foto: “RIA Novosti”

Davolanishga muvaffaq bo‘lgan bemorlar soni 2189 nafarni tashkil qilmoqda, ularga shifoxonadan javob berilgan. Shunday qilib koronavirusdan davolanishga muvaffaq bo‘lgan bemorlarning jami soni 52 045 kishiga yetdi. Mamlakat bo‘ylab 669 mingdan ortiq odam tekshiruvlardan o‘tkazilgan.

Hozirgi vaqtga kelib Xitoy hududida 80 409 kishi kasallikni o‘ziga yuqtirib olgan bo‘lib, vafot etganlar soni Xitoyda 3012 kishini tashkil etmoqda.

Ispaniya Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda koronavirusga chalingan bemorlar soni 200 nafarga yetganini xabar qildi. Infeksiya oqibatida vafot etganlarning soni 2 nafarni tashkil qilmoqda.

Italiyada COVID-19 koronavirusi oqibatida paydo bo‘ladigan pnevmoniya kasalligi tufayli vafot etganlar soni 107 nafarga yetdi, koronavirusni yuqtirib olganlar soni esa 3089 nafarni tashkil etadi.

Foto: New York Post

AQShning Vashington shtatida COVID-19 koronavirusi keltirib chiqargan pnevmoniya kasalligidan vafot etganlar soni 10 nafarga yetgan. Vafot etganlarning ko‘p qismi sog‘lig‘i zaif va keksa kishilar bo‘lgani qayd etilmoqda. 4-mart holatiga ko‘ra, AQShda koronavirus bilan kasallangan bemorlar soni 128 nafarga yetgan. Ularning asosiy qismi Vashington va Kaliforniya shtatida qayd etilgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Eronda koronavirus bilan zararlanish bo‘yicha tasdiqlangan holatlar soni 2336 taga yetgan.

4-mart kuni Vengriyada COVID-2019 koronavirusi bilan kasallanish bo‘yicha ikki holat qayd etildi. “Bizda koronavirusni yuqtirish bilan bog‘liq ilk holat qayd etildi. Infeksiyani yuqtirgan ikki bemor shifoxonaga yotqizildi”, — deydi Vengriya bosh vaziri.

Janubiy Koreyada koronavirus qurbonlari soni 35 kishiga yetdiMamlakatda koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 5766 nafarga yetdi.

Foto: Reuters

Singapurda 100 dan ortiq kishi virusni yuqtirib olgan. Shunigdek, 5 mart, payshanba kuni, mamlakatga Turkiyadan uchib kelgan fuqaroda koronavirus aniqlandi. “Singapur Sog‘liqni saqlash vazirligi 4-mart kuni kechqurun Turkiyadan uchib kelgan yo‘lovchida COVID-19 koronavirusi aniqlanganini tasdiqladi”, — deyiladi xabarda.

 O‘zbekistondagi vaziyat

Buyuk Britaniyaning The Telegraph jurnali O‘zbekistonni sayyohlar tashrif buyurishi mumkin bo‘lgan koronavirusdan xoli 19 davlatlar ro‘yxatiga kiritdiNashr sarguzasht istovchi sayyohlarga borish tavsiya etiladigan 50 ta turistik yo‘nalish ro‘yxatini tuzib chiqqan, ro‘yxatning birinchi pog‘onasi O‘zbekistonga nasib etdi.

Foto: “Daryo”

Avvalroq Davlat turizm qo‘mitasi O‘zbekistonni koronavirusdan xoli mamlakat sifatida targ‘ib qilmoqchi ekanligi xabar berilgan edi.

Uzbekistan Airways Janubiy Koreyadan fuqarolarni qaytarish evakuatsiya bo‘lmaganini tasdiqladi. Kompaniyaning ma’lum qilishicha, evakuatsiya jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining yo‘riqnomasi asosida amalga oshiriladi.

Foto: Telegram

O‘zbekistonda koronavirus tarqalganini rad etgan SSV aholini kasallikdan himoyalanishga undovchi SMS’lar jo‘nata boshladi. “Sog‘liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi: Koronavirusdan o‘zingizni va boshqalarni asrang! Qo‘llarni tez-tez sovunlab yuving!”, — deyiladi vazirlik tomonidan yuborilgan SMS xabarda.

Skrin: “Daryo”

Uzbekistan Airways Seuldan charter reysni amalga oshiradi. Aeroportda yo‘lovchilarni kutib olmaslik so‘ralmoqda.

Jahondagi vaziyat

Tojikistonning din, xalq an’analari, tantanalar va urf-odatlarni tartiblashtirish ishlari bo‘yicha qo‘mitasi matbuot kotibi Afshin Muqim Tojikistonda koronavirus epidemiyasi ortidan masjidlar jamoat namozlarini o‘qish uchun vaqtincha yopilishini ma’lum qilgan.

Foto: Tasnim

Shunigdek, Eronning barcha viloyatlardagi ma’muriy markazlarida yangi turdagi koronavirus sabab juma namozlari rasman bekor qilindi. “Koronavirus tarqalishini nazorat qilish bo‘yicha milliy shtabning qaroriga ko‘ra, mamlakatning barcha viloyatlardagi ma’muriy markazlarida ushbu haftada juma namozi o‘qilmaydi”, — deyiladi xabarda. O‘tgan hafta Tehronda juma namozlari bekor qilingan edi.

Erondagi baland binolardan biriga koronavirusdan himoya niqobi montaj yordamida “kiydirildi”. Rolikning yaratilish tarixi va undagi maxsus effektlarning sirlari haqida.

Pekin universiteti olimlari COVID-19 infeksiyasini keltirib chiqaradigan koronavirus butun dunyo bo‘ylab tarqalish jarayonida evolyutsion o‘zgarishlarga uchraganini ma’lum qildi. Mutaxassislar avvaliga infeksiyaning SARS-CoV-2 va boshqa koronaviruslar bilan molekulyar divergensiyasini tahlil qilgan. Garchi COVID-19 va SARS-CoV-2 genomlaridagi tafovut 4 foizni tashkil qilsa ham, neytral mutatsiyalar bo‘yicha farq 17 foizga yetgan. Bu ikki virusning avval taxmin qilinganidan ham bir-biriga o‘xshash emasligini anglatadi.

Foto: Reuters

Tailand davlat xizmatchilari uchun xizmat yuzasidan chet elga chiqishini chekladi va koronavirus infeksiyasi xavfi yuqori bo‘lgan mamlakatlardan qaytib kelganidan keyin ular uchun 14 kunlik majburiy karantin joriy etdi. Shoshilinch zarur bo‘lgan xizmat safarlari bundan mustasno.

Indoneziya hukumati koronavirus bilan kasallangan fuqarolarni kimsasiz Galang oroliga joylashtirishni rejalashtirmoqda. Koronavirus bilan kasallanganlar Galang orolida 1979—1996-yillarda vyetnamlik qochoqlar uchun mo‘ljallangan lagerning saqlanib qolgan bir nechta binosiga joylashtiriladi.

Saudiya Arabistoni o‘z fuqarolariga ham Umra ziyoratini taqiqlab qo‘ydi. Ma’lum qilinishicha, koronavirus bilan bog‘liq holat ijobiy tomonga o‘zgarsagina bu taqiq bekor qilinadi.

Ispaniya Sog‘liqni saqlash vazirligi garchi COVID-19 yosh bolalarda kuzatilganiga qaramay, koronavirusdan himoyalanishning ehtiyot chorasi sifatida maktablar yopilmasligini e’lon qilgan.

Niqob taqib, qarta o‘ynayotgan erkaklar.

Foto: Reuters

Italiyada epidemiya tarqalgani sababli barcha ta’lim muassasalari 15-martga qadar yopib qo‘yilgan. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, Italiya Janubiy Koreya hamda Eron bilan birgalikda epidemiya o‘ta xavfli tarzda tarqalayotgan mamlakatlardan biri bo‘lib turibdi.

Moskvada internet orqali koronavirus tarqalishi haqida asossiz xabarlar tarqatganlikda gumonlanib, bir necha kishi qo‘lga olindi. Huquq-tartibot organlari hozirda asossiz xabarlarni o‘chirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Amerikaning Kaliforniya shtatida koronavirus sabab favqulodda holat e’lon qilindi. Bu haqda shtat gubernatori Gevin Nyusga xabar berdi. “Ushbu qaror nafaqat bir kishining fojiaviy o‘limi, balki boshqa vaziyatlar sabab qabul qilindi”, — deydi gubernator. Uning ta’kidlashicha, bu kabi chora-tadbirlar kasallik tarqalishiga qarshi kurashish uchun federal zaxiradan mablag‘ olish zarurati bilan bog‘liq.

Twitter ijtimoiy tarmog‘i koronavirus bilan bog‘liq reklamalardan daromad olishga urinishlarga qarshi kurashishini ma’lum qildiIjtimoiy tarmoqning bayonotiga ko‘ra, reklama beruvchilarning koronavirus bilan bog‘liq har qanday reklamasi bloklanadi.

Kristalina Georgiyeva.

Foto: Bloomberg

Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbari Kristalina Georgiyeva Jahon bozoridagi asosiy neft yetkazib beruvchi kompaniyalar dunyoda narxlarning keskin pasaygani tufayli taxminan 10 milliard dollar miqdorida zarar ko‘rgani haqida ma’lum qildi.

Germaniyaning Lufthansa kompaniyasi COVID-2019 koronavirusi infeksiyasi tufayli 150 ta samolyotni ekspluatatsiyadan chiqarishni rejalashtirmoqdaWestern Union koronavirus tufayli Xitoyga pul o‘tkazmalari bilan bog‘liq muammolardan ogohlantirdi.

Foto: “Pixabay.com”

Xitoyda koronavirus epidemiyasining ikkinchi to‘lqini boshlanishi mumkinligi taxmin qilindi. Koronavirus tarqalishini aniqlovchi matematik model yaratdi. U kuzda kasallikning yangi to‘lqini bo‘lishini bashorat qildi.

Har kuni kechqurun faqat bitta xabar jo‘natamiz. “Daryo” oqshomi — kun davomida ro‘y bergan barcha voqea-hodisalar dayjesti Telegram-kanali: @daryooqshomi

Eng ko‘p o‘qilgan

Qidiruv