Yangi turdagi COVID-19 koronavirusi infeksiyasi tarqalishi munosabati bilan butun dunyo bo‘ylab tadbirlar — Yevropaning nufuzli festivallaridan tortib kasb-hunar yarmarkalarigacha, pop-yulduzlarning konsertlaridan tortib modalar namoyishlarigacha bekor qilinmoqda. Meduza nashri epidemiya sabab bekor qilingan va boshqa sanaga ko‘chirilgan tadbirlar ro‘yxatini tuzdi (“Daryo” uni biroz to‘ldirdi).

Jeneva avtosaloni bekor qilingani e’lon qilingach, ishchilar stendni demontaj qilmoqda.

Foto: LETA/Meduza

Katta ehtimol bilan, bu ro‘yxat hali kattalashadi — naqadar afsuslanarli bo‘lmasin, koronavirusni yuqtirib olish holatlari soni butun dunyo bo‘ylab o‘sib bormoqda.

❌ Bekor qilingan tadbirlar:

  • London kitob yarmarkasi;
  • Kaliforniyadagi dasturchilarning Google I/O konferensiyasi;
  • Kanndagi MIPTV teleloyihalar bozori;
  • Kanndagi MIPDOC hujjatli loyihalar bozori;
  • Jeneva avtosaloni;
  • Jenevadagi Watches & Wonders zargarlik va soatsozlik ko‘rgazmasi;
  • Barselonadagi MWC mobil texnologiyalar ko‘rgazmasi;
  • Art Basel Hong Kong yarmarkasi;
  • Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasi uchun regbi-7 bo‘yicha sinov musobaqasi;
  • BTS’ning Seuldagi stadionda rejalashtirilgan konserti;
  • Qatardagi MotoGP’ning birinchi bosqichi;
  • Modalar namoyishlari: San-Fransiskodagi Gucci namoyishi, Tokidagi Prada namoyishi, Nyu-Yorkdagi Ralph Lauren namoyishi;
  • Musiqiy guruhlarning Osiyo bo‘ylab turlari: Green Day, New Order, The National, xonanda Xalid, xip-xop xonanda Stormzy, Avril Lavin.

? Onlaynga ko‘chirilgan tadbirlar:

  • Giorgio Armani namoyishi;
  • Adobe Summit Microsoft konferensiyasi;
  • MVP Summit konferensiyasi;
  • Cloud Next konferensiyasi;
  • Nvidia’s GPU Technology Conference konferensiyasi.

? Boshqa sanaga qoldirilgan tadbirlar:

  • GDC dasturchilar konferensiyasi — yozga qoldirildi;
  • Milan mebel ko‘rgazmasi — iyunga qoldirildi;
  • Pitti Taste gastronomik yarmarkasi — iyulga qoldirildi;
  • Gannover sanoat yarmarkasi — iyulga qoldirildi;
  • Venetsiyadagi Arxitektura biyennalesining ochilishi — avgustga qoldirildi;
  • Canneseries seriallar festivali — oktabrga qoldirildi;
  • Toshkent xalqaro investitsiya forumi — noyabrga qoldirildi;
  • Jeyms Bond haqidagi yangi “O‘lish vaqti emas” filmi premyerasi — noyabrga qoldirildi;
  • Futbol bo‘yicha Italiya Kubogining har ikkala yarim finali — noma’lum muddatga qoldirildi;
  • Mayamidagi Ultra Music Festival elektron musiqa festivali — noma’lum muddatga qoldirildi;
  • Los-Anjelesdagi The Korea Times Music Festival key-pop festivali — noma’lum muddatga qoldirildi;
  • Avtopoygalar bo‘yicha jahon chempionatining Xitoy Gran-pri bosqichi — noma’lum muddatga qoldirildi;
  • Dalay Lama tomonidan yangi monaxlarni tayinlash marosimi — noma’lum muddatga qoldirildi.