NASA Marsning tarixdagi eng batafsil panorama suratini namoyish etdi. Panorama 1200 dan ortiq suratdan tashkil topgan bo‘lib, uning aniqligi 1,8 milliard pikselni tashkil etadi.

Panoramada Sharp tog‘i yonbag‘rida joylashgan Glen Torridon hududi aks etgan. Suratlar Curiosity marsoxodi tomonidan, uning 2019-yil 24-noyabridan 1-dekabrgacha sayyora sathi bo‘ylab yurishlari davomida olingan.

Quyida — xuddi o‘sha panoramaning o‘zi, faqat video formatda, qo‘shimchasiga, NASA’da ishlaydigan olimning sharhlari bilan.