Qo‘shiq inson kayfiyatiga ta’sir qiluvchi omillardan biri hisoblanadi. Tushkun ahvolda bo‘lgan inson  sho‘x, raqsbop qo‘shiqni tinglasa, g‘am-tashvishni biroz unutib, kayfiyati ko‘tariladi. Sokin qo‘shiqni tinglaganda esa xayolini jamlab hayotini, turmushini tahlil qiladi. Fasllar bilan bog‘liq qo‘shiqlar ham inson ruhiyatiga ta’sir etmay qolmaydi. Kuz haqidagi sokin qo‘shiqni tinglaganda ko‘ngil orom, xotirjamlik istasa, bahoriy qo‘shiqlar tabiat go‘zalligidan bahra olish, hammasini yangi sahifadan boshlash haqida o‘ylashga chorlaydi. “Daryo” faslga xos xushkayfiyat ulashish maqsadida bahor va u bilan bog‘liq qo‘shiqlardan tuzilgan testni e’tiboringizga havola etadi. Unda berilgan qo‘shiqdagi jumlani davom ettirishingiz kerak bo‘ladi.

Test yuklanishini biroz kuting.

“Daryo”dagi boshqa testlarni ham yechib ko‘ring.

Melomanlar uchun:

Kinomanlar uchun:

Siyosatga befarq bo‘lmaganlar uchun:

Boshqa mavzudagi testlar: