Qozog‘istonning Pavlodar viloyati hududida “Novosibirsk—Toshkent” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan avtobus 6-mart kuni ag‘darilib ketgan. O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasidan ma’lum qilishlaricha, avtobusda 26 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan.

Foto: “KazTAG”

“Tekshiruvlardan so‘ng O‘zbekiston fuqarolari kasalxonaga yotqizishga muhtoj emasliklari aniqlandi. Avtobus yo‘lovchilari o‘z safarlarini boshqa transport vositasida davom ettirdi”, — deyiladi O‘zbekiston Tashqi ishlar ishlar vazirligi axborotida.

Ayni vaqtda, TIV Konsullik-huquqiy departamenti vatandoshlarni sovuq mavsumda avtobus yoki boshqa avtotransport vositalarida Qozog‘iston hududiga kirish yoki undan o‘tishda barcha xatarlarni inobatga olishga chaqirgan.