COVID-19 koronavirusi bilan kasallanganlar soni borgan sari ko‘payib ushbu ko‘rsatkich o‘sib bormoqda, deydi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adxan Gebreysus. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bergan.

Foto: UPI

Tashkilot rahbari koronavirus epidemiyasining nazorat qilishi mumkin bo‘lgan birinchi pandemiya, ya’ni kasallikning dunyo miqyosida keng tarqalishiga ulanishi mumkinligini bildirdi.

2019-yilning oxirida Xitoy hukumati JSSTga Xubey provinsiyasining Uxan shahrida noma’lum virus tarqalgani haqida xabar bergan. Keyinchalik mutaxassislar pnevmoniyaga sabab bo‘ladigan infeksiya yangi koronavirus ekanini aniqlagan.

JSST infeksiyaning tarqalishini xalqaro darajadagi favqulodda holat deb tan olgan.

9-mart holatiga butun dunyoda 104 mamlakatda 110 ming nafar odam koronavirus yuqtirib olgan, shundan 81 ming nafari Xitoyning o‘zidagi bemorlar hisobalanadi. Yevropa mamlakatlari orasidagi eng og‘ir vaziyat Italiyada kuzatilmoqda: 9100 nafar odam kasallangan, 463 nafar odam vafot etgan.

Rossiyada 20 nafar odamda koronavirus qayd etilgan. Hukumat kasallikning keng tarqalib ketmasligi uchun kerakli chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining bayonotiga ko‘ra, koronavirusga chalingan bemorlar mamlakat hududida qayd qilinmagan.